Skip to content

JavaScript while va do while Tsikllari ​

while Tsikli ​

while tsikli belgilangan shart rost (true) bo'lib turguncha bir xil kod blokini qayta-qayta ishlatadi.

Sintaksis

js
while (shart) {
  // ishga tushadigan kod bloki
}

Misol

Quyidagi misolda i o'zgaruvchisi 10 dan kichik bo'lguncha kod qayta-qayta ishlaydi:

js
while (i < 10) {
  text += "Raqam: " + i;
  i++;
}

Diqqat

Shartda ishlatiladigan o'zgaruvchini (masalan, i) oshirib borishni unutmang. Agar uni oshirishni (yoki o'zgartirishni) esdan chiqarsangiz, tsikl hech qachon tugamaydi va bu brauzeringiz qotib qolishiga olib keladi.


do while Tsikli ​

do while tsikli while tsiklining bir ko'rinishi bo'lib, u shartni tekshirishdan oldin kamida bir marta kod blokini ishga tushiradi. Keyin esa shart rost bo'lsa, takrorlashni davom ettiradi.

Sintaksis

js
do {
  // ishga tushadigan kod bloki
}
while (shart);

Eslatma

do while tsikli hatto shart boshidanoq yolg'on bo'lsa ham, kodni kamida bir marta bajaradi. Chunki kod bloki shart tekshirilishidan oldin ishga tushadi.

Misol

js
do {
  text += "Raqam: " + i;
  i++;
}
while (i < 10);

for va while taqqoslanishi ​

Agarda siz for tsiklida 1-ifoda va 3-ifodani tushirib qoldirsangiz, u deyarli while tsikli bilan bir xil ko'rinishga keladi.

for loop yordamida

js
const cars = ["BMW", "Volvo", "Saab", "Ford"];
let i = 0;
let text = "";

for (; cars[i]; ) {
  text += cars[i];
  i++;
}

while loop yordamida

js
const cars = ["BMW", "Volvo", "Saab", "Ford"];
let i = 0;
let text = "";

while (cars[i]) {
  text += cars[i];
  i++;
}