Skip to content

Web Storage API ​

Web Storage API — bu brauzerda ma'lumotlarni saqlash va olish uchun oddiy sintaksis hisoblanadi. Undan foydalanish juda oson:

Misol ​

js
localStorage.setItem('name', 'John Doe')
localStorage.getItem('name')

Web Storage API barcha brauzerlarda qo'llab-quvvatlanadi:

ChromeIE/EdgeFirefoxSafariOpera
HaHaHaHaHa

localStorage obyekti ​

localStorage obyekti ma'lum bir veb-sayt uchun mahalliy xotiraga kirish imkonini beradi. U ushbu domen uchun ma'lumotlarni saqlash, o'qish, qo'shish, o'zgartirish va o'chirish imkonini beradi.

Ma'lumotlar amal qilish muddatsiz (no expiration date) saqlanadi va brauzer yopilganda o'chirilmaydi. Ma'lumotlar kunlar, haftalar va yillar davomida mavjud bo'ladi.


setItem() metodi ​

localStorage.setItem() metodi xotirada ma'lumot elementini saqlaydi. U parametr sifatida nom (kalit) va qiymatni qabul qiladi:

Misol ​

js
localStorage.setItem('name', 'John Doe')

getItem() metodi ​

localStorage.getItem() metodi xotiradan ma'muot elementini qaytarib oladi. U parametr sifatida nomni (kalitni) qabul qiladi:

Misol ​

js
localStorage.getItem('name')

sessionStorage obyekti ​

sessionStorage obyekti localStorage obyekti bilan bir xil. Farqi shundaki, sessionStorage obyekti ma'lumotlarni faqat bitta seans (session) uchun saqlaydi. Brauzer yopilganda ma'lumotlar o'chiriladi.

Misol ​

js
sessionStorage.setItem('name', 'John Doe')
sessionStorage.getItem('name')

Storage obyektining xususiyatlari va metodlari ​

Xususiyat/MetodTavsif
key(n)Xotiradagi n-chi kalitning nomini qaytaradi
lengthSaqlangan ma'lumotlar elementlari sonini qaytaradi
getItem(keyname)Berilgan kalit nomiga mos keladigan qiymatni qaytaradi
setItem(keyname, value)Xotiraga kalit qo'shadi yoki mavjud kalit qiymatini yangilaydi
removeItem(keyname)Berilgan kalitni xotiradan o'chiradi
clear()Xotiradagi barcha kalitlarni o'chiradi

Web Storage API uchun bog'liq sahifalar ​

XususiyatTavsif
window.localStorageVeb-brauzerda kalit/qiymat juftliklarini saqlash imkonini beradi. Ma'lumotlarni muddatsiz saqlaydi
window.sessionStorageVeb-brauzerda kalit/qiymat juftliklarini saqlash imkonini beradi. Ma'lumotlarni faqat bitta seans uchun saqlaydi