Skip to content

JavaScript Popup Oynalari (Popup Boxes) ​

JavaScript-da foydalanuvchi bilan muloqot qilish uchun uch xil popup oynasi mavjud:

  • Alert (Ogohlantirish)
  • Confirm (Tasdiqlash)
  • Prompt (S'orov)

Alert Box (Ogohlantirish oynasi) ​

Ogohlantirish oynasi ko'pincha ma'lumotni foydalanuvchiga yetkazib berish uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi davom etish uchun "OK" tugmasini bosishi shart.

Sintaksis:

js
window.alert('Salom!')
// yoki shunchaki
alert('Salom!')

Confirm Box (Tasdiqlash oynasi) ​

Tasdiqlash oynasi foydalanuvchidan biror amalni qabul qilish yoki rad etishni so'rash uchun ishlatiladi.

  • Agar foydalanuvchi "OK" tugmasini bossa, funksiya true qaytaradi.
  • Agar foydalanuvchi "Cancel" (Bekor qilish) tugmasini bossa, funksiya false qaytaradi.

Misol:

js
if (confirm('Tugmani bosing!')) {
  console.log('Siz OK tugmasini bostingiz!')
} else {
  console.log('Siz Bekor qilish tugmasini bostingiz!')
}

Prompt Box (So'rov oynasi) ​

So'rov oynasi foydalanuvchidan biror qiymatni kiritishni so'rash uchun ishlatiladi.

  • Agar foydalanuvchi "OK" tugmasini bossa, funksiya kiritilgan qiymatni qaytaradi.
  • Agar foydalanuvchi "Cancel" tugmasini bossa, funksiya null qaytaradi.

Misol:

js
let person = prompt('Ismingizni kiriting:', 'Harry Potter')
let text

if (person == null || person == '') {
  text = "Foydalanuvchi so'rovni bekor qildi."
} else {
  text = 'Salom, ' + person + '! Bugun ahvolingiz qanday?'
}

Satr ko'chirish (Line Breaks) ​

Popup oynasi ichida matnni yangi qatorga tushirish uchun \n belgisidan foydalaning.

js
alert('Salom!\nAhvollaringiz qanday?')

Eslatma

Popup oynalarining ko'p ishlatilishi foydalanuvchini bezovta qilishi va brauzerni vaqtincha to'xtatib qo'yishi mumkin. Zamonaviy veb-dizaynda ularning o'rniga maxsus yaratilgan modal oynalardan (HTML/CSS yordamida) foydalanish tavsiya etiladi.