Skip to content

JavaScript Funksiyalar bo'yicha Quiz

Funksiyalar bo'yicha bilimingizni sinab ko'ring. Savollarga javob berib, darslarni qanchalik o'zlashtirganingizni bilib oling.


1-savol

Ushbu kod bajarilgandan keyin text o'zgaruvchisining qiymati nima bo'ladi?

js
function sayHello() {
  return "Salom Dunyo";
}

let text = sayHello();
  • A. sayHello
  • B. Salom Dunyo
  • C. undefined

2-savol

Qaysi qatorda funksiya chaqirilgan?

js
function test() {
  return 5;
}

let x = test;
let y = test();
  • A. function test()
  • B. let x = test;
  • C. let y = test();

3-savol

Quyidagi funksiyada a va b nima deb ataladi?

js
function multiply(a, b) {
  return a * b;
}
  • A. Argumentlar
  • B. Parametrlar
  • C. Qaytarilgan qiymatlar

4-savol

Ushbu funksiya chaqiruvi natijasi nima bo'ladi?

js
function add(a, b) {
  return a + b;
}

add(2, 3) * 10;
  • A. 5
  • B. 10
  • C. 50

5-savol

Agar funksiyada return operatori bo'lmasa, u qanday qiymat qaytaradi?

  • A. null
  • B. false
  • C. undefined

6-savol

Qaysi turdagi funksiyani u e'lon qilinishidan (ta'riflanishidan) oldin chaqirish mumkin?

  • A. Function declaration (Standart)
  • B. Function expression (Ifoda)
  • C. Arrow function (Strelkali)

7-savol

Qaysi arrow funksiya sintaksisi to'g'ri?

  • A. const add = (a, b) => return a + b;
  • B. const add = a, b => a + b;
  • C. const add = (a, b) => a + b;

8-savol

Obyekt metodining ichida this nimani anglatadi?

  • A. Funksiyaning o'zini
  • B. Global obyektni
  • C. Metod tegishli bo'lgan obyektni


Javoblar

  1. B (Funksiya qaytargan matn).
  2. C (Qavslar funksiyani ishga tushiradi).
  3. B (Ta'rifdagi nomlar — parametrlar).
  4. C (5 * 10 = 50).
  5. C (Default return qiymati — undefined).
  6. A (Hoisting xususiyati tufayli).
  7. C (Bir qatorli kodda return yozilmaydi).
  8. C (Egasini ko'rsatadi).