JavaScript Arifmetik Operatsiyalar
Arifmetik operatorlar sonlar (literallar yoki o'zgaruvchilar) ustida arifmetik amallarni bajaradi.
Arifmetik Operatorlar
| Operator | Tavsif |
|---|---|
+ | Qo'shish (Addition) |
- | Ayirish (Subtraction) |
* | Ko'paytirish (Multiplication) |
** | Darajaga ko'tarish (Exponentiation) |
/ | Bo'lish (Division) |
% | Qoldiqli bo'lish (Remainder) |
++ | Qiymatni bittaga oshirish (Increment) |
-- | Qiymatni bittaga kamaytirish (Decrement) |
Arifmetik Amallar
Odatda arifmetik amal ikki son ustida bajariladi.
Ushbu sonlar literallar bo'lishi mumkin:
Misol
let x = 100 + 50;yoki o'zgaruvchilar:
Misol
let x = a + b;yoki ifodalar:
Misol
let x = (100 + 50) * a;Operatorlar va Operandlar
Arifmetik amaldagi sonlar operandlar deb ataladi. Bajirilishi kerak bo'lgan amal (ikki operand orasidagi) operator bilan belgilanadi.
| Operand | Operator | Operand |
|---|---|---|
| 100 | + | 50 |
Qo'shish
Qo'shish operatori (+) sonlarni qo'shadi:
Misol
let x = 5;
let y = 2;
let z = x + y;Ayirish
Ayirish operatori (-) sonlarni bir-biridan ayiradi:
Misol
let x = 5;
let y = 2;
let z = x - y;Ko'paytirish
Ko'paytirish operatori (*) sonlarni bir-biriga ko'paytiradi:
Misol
let x = 5;
let y = 2;
let z = x * y;Bo'lish
Bo'lish operatori (/) sonlarni bir-biriga bo'ladi:
Misol
let x = 5;
let y = 2;
let z = x / y;Qoldiq (Modulus)
Qoldiqli bo'lish operatori (%) bo'lishdan keyingi qoldiqni qaytaradi:
Misol
let x = 5;
let y = 2;
let z = x % y;Eslatma
Arifmetikada ikki butun sonni bo'lish natijasida bo'linma va qoldiq hosil bo'ladi. Matematikada modulo operatsiyasi natijasi bo'lishdan keyin qolgan qoldiqdir.
Qiymatni oshirish (Incrementing)
Inkremant operatori (++) son qiymatini bittaga oshiradi:
Misol
let x = 5;
x++;
let z = x; // z = 6 bo'ladiQiymatni kamaytirish (Decrementing)
Dekrement operatori (--) son qiymatini bittaga kamaytiradi:
Misol
let x = 5;
x--;
let z = x; // z = 4 bo'ladiDarajaga ko'tarish (Exponentiation)
Darajaga ko'tarish operatori (**) birinchi operandni ikkinchi operand darajasiga ko'taradi.
Misol
let x = 5;
let z = x ** 2; // z = 25 bo'ladix ** y amali Math.pow(x, y) bilan bir xil natija beradi:
Misol
let x = 5;
let z = Math.pow(x, 2); // z = 25 bo'ladiOperatorlar ustuvorligi (Precedence)
Operatorlar ustuvorligi arifmetik ifodada amallar bajarilish tartibini belgilaydi.
Misol
let x = 100 + 50 * 3;Yuqoridagi misolda natija 150 * 3 (450) bo'ladimi yoki 100 + 150 (250)? Darslikdagidek, ko'paytirish birinchi bajariladi.
Ko'paytirish (*) va bo'lish (/) operatorlari qo'shish (+) va ayirish (-) operatorlaridan yuqoriroq ustuvorlikka ega.
Siz qavslar yordamida ustuvorlikni o'zgartirishingiz mumkin. Qavs ichidagi amallar birinchi bo'lib hisoblanadi:
Misol
let x = (100 + 50) * 3; // Natija: 450Agar bir xil ustuvorlikka ega bir qancha amallar bo'lsa (qo'shish va ayirish kabi), ular chapdan o'ngga qarab bajariladi:
Misol
let x = 100 + 50 - 3;
let y = 100 / 50 * 3;