Xotirani boshqarish (Memory Management)
Xotirani boshqarish nima?
Xotirani boshqarish — dasturingiz qancha xotira ishlatishini va qanday ishlatilishini nazorat qilish jarayonidir. Bu xotirani yaratish, ishlatish va kerak bo'lmaganda bo'shatishni o'z ichiga oladi.
C++ da xotira
C++ da o'zgaruvchi yaratganingizda, kompilyator avtomatik ravishda xotirada joy ajratadi.
Masalan:
int myNumber = 10;Yuqoridagi qator dasturga: "Menga butun sonni saqlash uchun joy kerak" deb aytadi. C++ bu xotirani avtomatik boshqaradi.
Xotira o'lchamini olish
sizeof operatori yordamida o'zgaruvchi turining qancha xotira egallashini tekshirish mumkin:
MISOL
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
int myInt;
float myFloat;
double myDouble;
char myChar;
cout << sizeof(myInt) << "\n"; // 4 bayt (odatda)
cout << sizeof(myFloat) << "\n"; // 4 bayt
cout << sizeof(myDouble) << "\n"; // 8 bayt
cout << sizeof(myChar) << "\n"; // 1 bayt
return 0;
}Turlar o'lchamini bilish samaraliroq kod yozishga yordam beradi, ayniqsa katta dasturlarda.
Xotirani o'zingiz boshqarishingiz kerakmi?
Ba'zan ha, ba'zan yo'q.
- Oddiy o'zgaruvchilar uchun (masalan,
int x = 10;) C++ xotirani siz uchun boshqaradi. - Ammo dastur ishlayotgan vaqtda xotirani qo'lda yaratmoqchi bo'lsangiz (masalan, foydalanuvchi kiritishiga qarab), xotirani o'zingiz boshqarishingiz va ishlagandan keyin tozalashingiz kerak.
Agar dasturingiz juda ko'p xotira ishlasa yoki kerak bo'lmagan xotirani tozalamasangiz, bu sekinlashish yoki hatto buzilishga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun xotirani tushunish muhim — bu sizga ko'proq nazorat beradi va keng tarqalgan xatolardan qochishga yordam beradi.
Keyingi qadam
C++ da ko'rsatkichlar yordamida xotiraga bevosita murojaat qilish va uni o'zgartirish mumkin.
Bu kuchli, lekin xavfli ham. Ko'rsatkichni noto'g'ri ishlatsangiz, dasturingiz xotirasining boshqa qismlariga tasodifan zarar yetkazishingiz mumkin.
Keyingi bobda new kalit so'zi yordamida xotirani qo'lda yaratishni va delete yordamida bo'shatishni o'rganasiz.
