Massivlar hayotiy misollar (Real-Life Examples)
Massivlarni amaliy hayotda qo'llanilishi bo'yicha bir nechta misolni ko'rib chiqamiz.
O'rtacha yoshni hisoblash
Turli yoshlarning o'rtacha qiymatini hisoblaydigan dastur:
MISOL
cpp
// Turli yoshlarni saqlaydigan massiv
int ages[8] = {20, 22, 18, 35, 48, 26, 87, 70};
float avg, sum = 0;
// Massivning uzunligini olish
int length = sizeof(ages) / sizeof(ages[0]);
// Massiv elementlarini aylanib chiqish
for (int age : ages) {
sum += age;
}
// Yig'indini uzunlikka bo'lib o'rtachani hisoblash
avg = sum / length;
// O'rtachani chiqarish
cout << "O'rtacha yosh: " << avg << "\n";Eng kichik yoshni topish
Turli yoshlar orasidan eng kichigini topadigan dastur:
MISOL
cpp
// Turli yoshlarni saqlaydigan massiv
int ages[8] = {20, 22, 18, 35, 48, 26, 87, 70};
// Massivning uzunligini olish
int length = sizeof(ages) / sizeof(ages[0]);
// Birinchi elementni eng kichik deb belgilash
int lowestAge = ages[0];
// Eng kichik yoshni topish uchun massivni aylanish
for (int age : ages) {
if (lowestAge > age) {
lowestAge = age;
}
}
// Eng kichik yoshni chiqarish
cout << "Eng kichik yosh: " << lowestAge << "\n";