Skip to content

O'rganishni boshlash

Kompyuteringizga hali hech narsa o'rnatmasdan turib ham C++ ni sinab ko'rishingiz mumkin — buning uchun onlayn kompilyatorlardan foydalanishingiz kerak bo'ladi.

Onlayn C++ muharriri brauzeringizda to'g'ridan-to'g'ri ishlaydi va kod ham, natija ham bir joyda ko'rinadi. Faqat, buning uchun internetga ulangan bo'lishingiz tabal etiladi.

Quyida o'rnatish talab etilmaydigan va ayni vaqtda brauzeringizda ishlatib ko'rishingiz mumkin bo'lgan eng yaxshi C++ onlayn kompilyatorlari va IDE lar ro'yxatini keltiramiz:

Onlayn C++ kompilyatorlari

Misol

Sinab ko'rish uchun quyidagi kodni ko'chirib olib

cpp
#include <iostream>
using namespace std;

int main() {
    cout << "Salom, Dunyo!";
    return 0;
}
Natija
shell
Salom, Dunyo!

Ushbu turdagi misollar qo'llanma davomida C++ ning turli xususiyatlarini ko'rsatib berish uchun ishlatiladi.

C++ ni kompyuteringizga o'rnatish

Agar C++ ni o'z kompyuteringizda ishlatmoqchi bo'lsangiz, quyidagilar kerak bo'ladi:

  • Matn muharriri (masalan, Notepad, VS Code) — C++ kodi yozish uchun
  • Kompilyator (masalan, GCC) — C++ kodini mashina tushunadigan buyruqlarga aylantirish uchun

O'rganish jarayonida bularni alohida o'rnatishdan ko'ra ikkalasini ham o'z ichiga olgan IDE (Integrated Development Environment) ya'ni integratsiyalashga dasturlash muhitidan foydalanish ancha qulay bo'ladi.

C++ uchun IDE o'rnatish

IDE quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

  • Kod yozish va tahrirlash
  • Kodni kompilyatsiya qilish
  • Dasturni debug qilish

Mashhur bepul IDE lar:

  • Code::Blocks
  • Eclipse
  • Visual Studio

Internetdagi onlayn IDE lar ham ish beradi, ammo imkoniyatlari cheklangan bo'lishi mumkin.

Ushbu qo'llanma uchun Code::Blocks ni tavsiya qilamiz.

Uni quyidagi manzildan yuklab olishingiz mumkin:
codeblocks.org/downloads/binaries

U yerdan mingw-setup.exe versiyasini tanlang — chunki u o'z ichiga kompilyatorni ham qamrab oladi.

Biz hozir Windows noutbukdan foydalanayotganimiz uchun .exe faylni tanladik. Ammo asosiy e'tibor platformada emas. O'zingizning qurilmangizga mos keladigan faylni tanlang. Eng yaxshisi — mingw bilan birga keladigan versiya.

Tezkor kirish darsi

Keling, birinchi C++ dasturimizni yozamiz.

1-qadam: Yangi fayl yaratish

Code::Blocks ni oching va menyudan tugmalarni quyidagi ketma ketlikda tanlang:

File (fayl) → New (yangi) → Empty File (yangi fayl)

2-qadam: Kod yozish

Yangi kod fayli ochiladi. Uni ichiga C++ kodini yozishingiz mumkin. U yerga quyidagi kodni yozing:

cpp
#include <iostream>

using namespace std;

int main() {
    cout << "Salom, dunyo! Bu mening birinchi dasturim!";
    return 0;
}

va faylni quyidagi nom bilan saqlang:

birinchiilova.cpp

Bu yozgan kodiningizning ma'nosini hozir to'liq tushunmasangiz ham xavotir olmang — bu haqda keyingi bo'limlarda batafsil gaplashamiz. Hozircha faqat kodni qanday ishga tushirishga e'tibor bering.

Code::Blocks da shunday ko'rinishi kerak:

Codeblocks

3-qadam: Build va Run (Kompilyatsiya qilib ishga tushirish)

Endi esa menyudan quyidagi ketma ketlikda tugmalarni tanlang:

Build (qurish) → Build and Run (qurish va ishga tushirish)

Siz quyidagicha natijani ko'rishingiz kerak:

Salom, dunyo! Bu mening birinchi dasturim!
Process returned 0 (0x0)
Press any key to continue.

🎉 Tabriklaymiz!

Siz muvaffaqiyatli ravishda birinchi C++ dasturingizni yozdingiz va ishga tushirdingiz!