Skip to content

If...Else Hayotiy misollar (Real Life Examples) ​

Ushbu bobda if...else operatorlarining dasturlashdagi turli hayotiy vaziyatlarda qo'llanilishini ko'rib chiqamiz.


Eshikni ochish (Kirish kodi) ​

Quyidagi misolda if...else yordamida foydalanuvchi to'g'ri kod kiritsa "eshikni ochish" jarayoni ko'rsatilgan:

MISOL

cpp
int doorCode = 1337;

if (doorCode == 1337) {
  cout << "Kod to'g'ri.\nEshik ochildi.\n";
} else {
  cout << "Kod noto'g'ri.\nEshik yopiqligicha qolmoqda.\n";
}

Musbat yoki manfiy sonni aniqlash ​

Ushbu misol sonning musbat, manfiy yoki nolga teng ekanligini aniqlashni ko'rsatadi:

MISOL

cpp
int myNum = 10;

if (myNum > 0) {
  cout << "Qiymat musbat son.\n";
} else if (myNum < 0) {
  cout << "Qiymat manfiy son.\n";
} else {
  cout << "Qiymat 0 ga teng.\n";
}

Ovoz berish yoshini tekshirish ​

Biror kishining ovoz berish yoshiga yetganini tekshirish:

MISOL

cpp
int myAge = 25;
int votingAge = 18;

if (myAge >= votingAge) {
  cout << "Ovoz berish uchun yosh yetarli!\n";
} else {
  cout << "Ovoz berish uchun yosh yetarli emas.\n";
}

Ovoz berish va fuqarolikni tekshirish (Ichma-ich if) ​

Bir vaqtning o'zida yosh va fuqarolikni tekshirish:

MISOL

cpp
int age = 20;
bool isCitizen = true;

if (age >= 18) {
  cout << "Yosh yetarli.\n";

  if (isCitizen) {
    cout << "Siz fuqarosiz, ovoz bera olasiz!\n";
  } else {
    cout << "Lekin ovoz berish uchun fuqaro bo'lishingiz shart.\n";
  }
} else {
  cout << "Yosh yetarli emas.\n";
}

Juft yoki toq sonni aniqlash ​

Sonning juft yoki toqligini qoldiq olish (%) operatori orqali aniqlash:

MISOL

cpp
int myNum = 5;

if (myNum % 2 == 0) {
  cout << myNum << " - juft son.\n";
} else {
  cout << myNum << " - toq son.\n";
}

Haroratni tekshirish ​

Selsiy bo'yicha haroratni tekshirish va xabar chiqarish:

MISOL

cpp
int temperature = 30; 

if (temperature < 0) {
  cout << "Havo juda sovuq (muzlamoqda)!\n";
} else if (temperature < 20) {
  cout << "Havo salqin.\n";
} else {
  cout << "Havo issiq.\n";
}