Skip to content

Vorislik (Inheritance) ​

Vorislik ​

Vorislik bitta sinfga boshqa sinfning atributlari va metodlarini qayta ishlatish imkonini beradi. Bu takrorlashdan qochib, toza va samarali kod yozishga yordam beradi.

"Vorislik" kontseptsiyasini ikkita toifaga ajratamiz:

  • Hosila sinf (child) — boshqa sinfdan meros oladigan sinf
  • Asosiy sinf (parent) — meros olinadigan sinf

Sinfdan meros olish uchun : belgisidan foydalaning.

Quyidagi misolda Car sinfi (bola) Vehicle sinfi (ota-ona) dan atributlar va metodlarni meros oladi:

MISOL

cpp
// Asosiy sinf
class Vehicle {
  public:
    string brand = "Ford";
    void honk() {
      cout << "Tuut, tuut! \n";
    }
};

// Hosila sinf
class Car: public Vehicle {
  public:
    string model = "Mustang";
};

int main() {
  Car myCar;
  myCar.honk();
  cout << myCar.brand + " " + myCar.model;
  return 0;
}

QACHON VA NIMA UCHUN "VORISLIK" ISHLATILADI?

Kodning qayta ishlatilishi uchun foydali: yangi sinf yaratganingizda mavjud sinfning atributlari va metodlarini qayta ishlating.