C++ haqida
C++ mashxur va ommabop dasturlash tillaridan biri bo'lib, kompyuter dasturlari tuzishda va turli hisob kitoblarni amalga oshirishda ishlatiladi.
Ushbu tildan yuqori unumdorlikdagi ilovalarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Shuningdek, o'yinlar tuzishda tezlik talab qilinuvchi qismlariga ko'proq C++ dasturlash tilida kod yoziladi.
C++ cross-platform ya'ni bir nechta platformalarda ishlay oladigan ilovalar tuzish imkonini beruvchi dasturlash tili hisoblanadi. Ushbu yondashuv Windows, macOS, Linux kabi turli xil muhitlarda hamda iOS va Android kabi mobil platformalarda yagona kod bazasini saqlash, kompilyatsiya qilish va amalga oshirishga imkon beradi.
ESLATMA
Mavzularni chap tomondagi menyu asosida ketma-ket o'rganib borishingizni maslahat beramiz.
Ushbu qo'llanmani tugatgandan so'ng, siz C++ dasturlarini yozishingiz va haqiqiy hayotiy dasturlarni ishlab chiqishingiz mumkin bo'ladi.
C++ dasturlash tilini o'rganish uchun oldindan dasturlash tajribasiga ega bo'lish shart emas.
MA'LUMOT
Qulay bo'lishi uchun keyingi o'rinlarda dasturlash tili atamasini qisqartirib til deb yuritiladi.
C++ tili Bjarne Stroustrup tomonidan C tilining kengaytirilgan shakli sifatida ishlab chiqilgan va ikkala til ham deyarli bir xil yoziladigan sintaksisga ega.
C++ dasturchilarga tizim resurslari va xotirasi ustidan yuqori darajadagi nazorat qilish imkonini beradi.
Nima uchun C++ ?
Allaqachon C++ haqida sanab o'tgan narsalarimni takrorlamoqchi emasman. Shuning uchun yangi ma'lumotlarnigina yozaman.
C++ bugungi kunda operatsion tizimlar, grafik foydalanuvchi interfeyslari va o'rnatilgan tizimlarda ishlatiladi.
C++ obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, dasturlarga aniq tuzilma baradi, kodni qayta ishlatishga imkon beradi va ishlab chiqish xarajatlarini kamaytiradi.
C++ ko‘chiriluvchi (portativ) til bo‘lib, turli platformalarda ishlay oladigan ilovalarni ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.
C++ o‘rganish uchun qiziqarli va oson til!
C++ C, C#, Java, Rust va Zig tillariga yaqin bo‘lgani uchun dasturchilar uchun C++ dan bu tillarga o‘tish yoki aksinchasi oson bo‘ladi.
C va C++ o'rtasidagi farq
C++ tili C tilining kengaytmasi sifatida ishlab chiqilgan va ikkala til ham deyarli bir xil sintaksisga ega. C va C++ o'rtasidagi asosiy farq shundaki, C++ sinflar va obyektlarni qo'llab-quvvatlaydi, C esa qo'llab-quvvatlamaydi.
Til standartlari
Rasmiy C++ standartlari xalqaro standartlashtirish tashkiloti bo'lgan ISO tomonidan e’lon qilinadi. Zamonaviy asosiy versiyalar C++11, C++14, C++17, C++20 va C++23 bo‘lib, ular xavfsizroq, samaraliroq va ifodali kod yozishga yo‘naltirilgan. Hozirda C++26 ustida ishlanmoqda.
C++ tilining asosiy standart versiyalari
DIQQAT QILING!
Zamonaviy kompilyatorlar (GCC, Clang, MSVC) ba’zan to‘liq bo‘lmasada, ushbu standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu kompilyator versiyasiga bog‘liq. Qo‘llab-quvvatlashni tekshirish uchun __cplusplus makrosidan foydalanish mumkin.
| E’lon qilingan yili | ISO/IEC Standarti | Norasmiy nomi | Yangilanishning asosiy xususiyatlari |
|---|---|---|---|
| 1998 | 14882:1998 | C++98 | Birinchi standartlashtirilgan versiya; shablonlar, istisnolar va Standart Shablon Kutubxonasi (STL) joriy etilgan. |
| 2003 | 14882:2003 | C++03 | Kichik xatoliklarni tuzatish yangilanishi; asosiy yangilanish emas. |
| 2011 | 14882:2011 | C++11, C++0x | Asosiy yangilanish; auto kalit so‘zi, lambda ifodalar, aqlli ko‘rsatkichlar va bir xil boshlang‘ichlash (uniform initialization) konseptsiyasini joriy etgan. |
| 2014 | 14882:2014 | C++14, C++1y | Kichik yangilanish, samaradorlik va qulaylikni oshiradi (masalan, generik lambdalar). |
| 2017 | 14882:2017 | C++17, C++1z | Strukturaviy bog‘lashlar, std::optional, va parallel algoritmlarni joriy etgan asosiy yangilanish. |
| 2020 | 14882:2020 | C++20, C++2a | Modullar, Konseptsiyalar, Korutinlar va Ranges kabi muhim yangilanishlar. |
| 2024 | 14882:2024 | C++23, C++2b | So‘nggi standart; kutubxona yaxshilanishlari, std::expected va deducing this ga e’tibor qaratilgan. |
| EQK:2026 | 14882:2026 | C++26, C++2c | Hozirda ishlab chiqilmoqda va yaqin kelajakda e’lon qilinadi. |
Xulosa qilish mumkinki, C++11 dan beri har uch yilga yaqin muddatda yangi til xususiyatlari va kutubxonalarni joriy etish maqsadida asosiy yangilanishlarni o'z ichiga olgan yangi standart versiya chiqariladi.
Ilk dastur kodi
FOYDALI ESLATMA
Har bir darsda berilgan misollarning natijasi ham ostida berilgan. Ularni o'zingizning qurilmangizda sinab, tahrirlab ko'rishingiz mumkin. Hozircha saytda xavfsizlik yuzasidan onlayn kompilyator qo'shishning iloji yo'q. Ammo, buning ustida ham ishlayapmiz.
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
cout << "Salom, Dunyo!";
return 0;
}Natija
Salom, Dunyo!Vazifalar haqida
Bilimlaringizni tekshirish uchun har bir dars so'ngida maxsus vazifalar beriladi. Ularni bajarib, o'rganganlaringizni mustahkamlab borishingiz mumkin.
MA'LUMOT
Ayni vaqtda sizning vazifalaringizni tekshiruvchi bo'lim ustida ishlar olib borilmoqda. Shu sababli vazifalarni o'zingiz bilan rost bo'lgan holda ishlashingiz tavsiya qilinadi.
