Pythonda sonlar
Pythonda songa oid uch turdagi ma'lumot turlari mavjud:
int- butun sonfloat- kasr/o'nlik soncomplex- murakkab son
Sonli o'zgaruvchilar ularga qiymat berilganda hosil qilinadi:
x = 1 # int
y = 2.8 # float
z = 1j # complexPython-da har qanday obyektning turini tekshirish uchun type() funksiyasidan foydalanish mumkin:
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))Int (butun son)
Int — bu o'nlik qismi bo'lmagan, musbat yoki manfiy, uzunligi cheksiz butun sondir.
x = 1
y = 35656222554887711
z = -3255522
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))Float (o'nlik son)
Float — bu o'nlik qismga ega bo'lgan musbat yoki manfiy son.
x = 1.10
y = 1.0
z = -35.59
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))Float sonlar shuningdek, 10 ning darajasini ko'rsatish uchun "e" belgisidan foydalangan holda ilmiy yozuvda ifodalanishi mumkin:
x = 35e3
y = 12E4
z = -87.7e100
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))Complex (murakkab son)
Complex — bu haqiqiy va xayoliy qismdan iborat son bo'lib, xayoliy qism j harfi bilan yoziladi.
x = 3+5j
y = 5j
z = -5j
print(type(x))
print(type(y))
print(type(z))Tur O'zgartirish
int(), float() va complex() funksiyalari yordamida sonlarni bir turdan ikkinchisiga o'tkazish mumkin:
x = 1 # int
y = 2.8 # float
z = 1j # complex
# int-dan float-ga o'zgartirish:
a = float(x)
# float-dan int-ga o'zgartirish:
b = int(y)
# int-dan complex-ga o'zgartirish:
c = complex(x)
print(a)
print(b)
print(c)
print(type(a))
print(type(b))
print(type(c))ESLATMA
Murakkab sonlarni boshqa raqam turiga o'zgartira olmaysiz.
Tasodifiy Son
Pythonda random() degan alohida funksiya mavjud emas, lekin tasodifiy sonlar yaratish uchun foydalaniladigan random nomli modul bor.
Qo'shimcha ma'lumotlar
Pythonda standart kutubxonalar mavjud. Ularni Pythonning o'zida mavjud bo'lgan, ichki o'rnatilgan modullar deb hisoblash mumkin.
Pythonda modullar uch xil ko'rinishda bo'ladi:
Pythondagi o'rnatilgan ichki modullar - Bu modullar Python bilan birga keladi va alohida o'rnatishni talab qilmaydi. Masalan:
math,random,datetime,os,sysva boshqalar. Ulardan foydalanish uchun faqatimportqilish kifoya.Internetdan yuklanadigan tashqi modullar - Ushbu modullar Python paketlar indeksi (PyPI) orqali maxsus paket menejerlari (
pipyokiconda) yordamida yuklab olinadi. Masalan:numpy,pandas,requests,djangokabi mashhur kutubxonalar. Ularni o'rnatish uchun terminal/cmd dapip install paket_nomibuyrug'idan foydalaniladi.Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan modullar - Dasturchilar o'zlari Python fayllari yaratib, ularni modul sifatida boshqa fayllarda chaqirib ishlatishlari mumkin. Bu kod qayta ishlatilishini osonlashtiradi va loyihani yanada tashkillashtirilgan qiladi.
random moduli birinchi toifaga kiradi - ya'ni Python bilan birga keladigan standart kutubxona hisoblanadi.
Bular haqida kelgusi darslar davomida batafsil o'rgamaiz. Hozircha qanday ishlatilishini ko'rib, bilib olishingiz kifoya.
import random
print(random.randrange(1, 10))Random moduli haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.
