O'rganishni boshlash
Pythonni o'rganishni boshlar ekansiz, kompyuteringizda u o'rnatilganiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Ushbu sahifada qanday qilib kompyuteringizga Pythonni o'rnatish va yangi Python faylini yaratishni o'raganasiz.
Pythonni o'rnatish
Odatda Linux va Mac kabi operatsion tizimlarida Python avvaldan o'rnatilgan bo'ladi.
Windows operatsion tizimida esa Python o'rnatilgan yoki yo'qligini buyruqlar satri ilovasi (cmd.exe) yordamida tekshirish mumkin. Buning uchun buyruqlar satri ilovasini ochgandan keyin quyidagi kabi yozishingiz va enter tugmasini bosishingiz kerak.
C:\Users\User>python --versionMac va Linux kabi boshqa operatsion tizimlarida ham ushbu buyruq birdek ishlaydi. Natija esa quyidagicha bo'lishi kerak:
Python 3.12.3Ammo, sizda natija bunday chiqmasa, kompyuteringizda Python o'rnatilmagan bo'ladi. Bunday holatda Pythonni quyidagi veb-saytdan bepul yuklab olishingiz mumkin. O'rnatish bo'yicha barcha qadamlar shu saytda batafsil ko'rsatib o'tilgan.
Python faylini hosil qilish
Python - bu talqin qilinadigan dasturlash tili hisoblanadi. Bu esa siz dasturchi sifatida Python (.py) fayllarini kod muharririda yozishingiz va keyin uni ishga tushirish uchun maxsus Python tarjimoniga ehtijoyingiz tushadi deganidir.
ESLATMA
Dasturlash tillari ishga tushirilish holatiga ko'ra ikki turga bo'linadi:
- Talqin qilinadigan (interpreted)
- Kompilyatsiya qilinadigan (compiled)
Talqin qilinadigan tillarda kod yozilgandan keyin darhol ishga tushirilishi mumkin, kompilyatsiya qilinadigan tillarda esa dastlab kod mashina tiliga tarjima qilinishi kerak bo'ladi.
Python talqin qilinadigan dasturlash tili hisoblanadi.
Buyruqlar satrini kelgusi o'rinlarda "terminal" deb ataymiz.
Python faylini terminalda quyidagicha ishga tushiriladi:
python salomdunyo.pyPython faylini istalgan kod muharriri, hattoki oddiy matn muharririda ham yozish mumkin. Keling, salomdunyo.py deb nomlangan birinchi Python faylimizni yozaylik. Buning uchun salomdunyo.py faylini muharrirda ochganimizdan keyin misol tariqasida quyidagi kodni yozishimiz mumkin:
print("Salom, Dunyo!")Bu shunchalik oddiy va oson. Faylingizni saqlang. Terminalda faylingiz turgan manzilni oching quyidagi kabi uni ishga tushirishing:
python salomdunyo.pyNatija esa quyidagicha bo'lishi kerak:
Salom, Dunyo!Tabriklayman! Siz birinchi Python dasturingizni yozdingiz va ishga tushirdingiz.
