Satr metodlari
Satr metodlari
Python’da satrlar ustida ishlash uchun ko‘plab o‘rnatilgan metodlar mavjud.
Diqqat
Barcha satr metodlari yangi qiymat qaytaradi va asl satrni o‘zgartirmaydi.
| Metod | Tavsif |
|---|---|
capitalize() | Birinchi belgini katta harfga o‘zgartiradi |
casefold() | Satrni kichik harflarga aylantiradi |
center() | Satrni markazlashtirilgan holda qaytaradi |
count() | Satrda ko‘rsatilgan qiymatning nechta marta uchrashini qaytaradi |
encode() | Satrning kodlangan versiyasini qaytaradi |
endswith() | Satr ko‘rsatilgan qiymat bilan tugasa, True qaytaradi |
expandtabs() | Tab belgilari hajmini sozlaydi |
find() | Satrda qiymatni izlaydi va topilgan joyning pozitsiyasini qaytaradi |
format() | Satr ichidagi qiymatlarni formatlaydi |
format_map() | Satr ichidagi qiymatlarni formatlaydi |
index() | Ko‘rsatilgan qiymatning pozitsiyasini qaytaradi |
isalnum() | Belgilar alfanumerik bo‘lsa, True qaytaradi |
isalpha() | Belgilar faqat alifbo harflari bo‘lsa, True qaytaradi |
isascii() | Belgilar ASCII bo‘lsa, True qaytaradi |
isdecimal() | Belgilar o‘nlik raqamlar bo‘lsa, True qaytaradi |
isdigit() | Belgilar raqam bo‘lsa, True qaytaradi |
isidentifier() | Satr identifikator bo‘lsa, True qaytaradi |
islower() | Belgilar kichik harflarda bo‘lsa, True qaytaradi |
isnumeric() | Belgilar raqamli bo‘lsa, True qaytaradi |
isprintable() | Belgilar chop etiladigan bo‘lsa, True qaytaradi |
isspace() | Belgilar bo‘sh joy bo‘lsa, True qaytaradi |
istitle() | Satr sarlavha qoidalariga mos bo‘lsa, True qaytaradi |
isupper() | Belgilar katta harflarda bo‘lsa, True qaytaradi |
join() | Iterable elementlarini satr oxiriga birlashtiradi |
ljust() | Satrning chapdan tekislangan versiyasini qaytaradi |
lower() | Satrni kichik harflarga aylantiradi |
lstrip() | Satrning chapdagi bo‘sh joylardan tozalangan versiyasini qaytaradi |
maketrans() | Tarjima jadvalini qaytaradi |
partition() | Satrni uch qismga ajratib, tuple qaytaradi |
replace() | Ko‘rsatilgan qiymatni boshqa qiymatga almashtiradi |
rfind() | Qiymatni izlaydi va oxirgi uchrash pozitsiyasini qaytaradi |
rindex() | Qiymatning oxirgi uchrash pozitsiyasini qaytaradi |
rjust() | Satrning o‘ngdan tekislangan versiyasini qaytaradi |
rpartition() | Satrni uch qismga ajratib, tuple qaytaradi |
rsplit() | Ajratuvchi bo‘yicha satrni bo‘lib, ro‘yxat qaytaradi |
rstrip() | Satrning o‘ngdagi bo‘sh joylardan tozalangan versiyasini qaytaradi |
split() | Ajratuvchi bo‘yicha satrni bo‘lib, ro‘yxat qaytaradi |
splitlines() | Yangi satr belgisi bo‘yicha satrni bo‘lib, ro‘yxat qaytaradi |
startswith() | Satr ko‘rsatilgan qiymat bila boshlansa, True qaytaradi |
strip() | Satrning ikkala tomondagi bo‘sh joylardan tozalangan versiyasini qaytaradi |
swapcase() | Harflarni almashtiradi (kichik → katta, katta → kichik) |
title() | Har bir so‘zning birinchi harfini katta harfga aylantiradi |
translate() | Tarjima qilingan satrni qaytaradi |
upper() | Satrni katta harflarga aylantiradi |
zfill() | Satr boshiga ko‘rsatilgan miqdorda 0 qo‘shadi |
Diqqat
Satr metodlari asl satrni o‘zgartirmay, yangi natija qaytaradi. Masalan, upper() ishlatilganda asl satr kichik harflarda qoladi.
