Python Izohlar
Python kodini tushuntirish, uni o'qilishi osonroq qilish yoki kodni sinovdan o'tkazish vaqtida ishga tushirmay turish uchun izohlardan foydalaniladi.
Izohlarni yozish
Izohlar # belgisi bilan boshlanadi va Python ularni e'tiborsiz qoldiradi:
python
# Bu izoh
print("Salom, Dunyo!")Izohlarni kod satrining oxiriga ham qo'yish mumkin:
python
print("Salom, Dunyo!") # Bu izohIzohlar yordamida Python kodining bajarilishini to'xtatishingiz mumkin:
python
# print("Salom, Dunyo!")
print("Salom, Do'stim!")Ko'p Qatorli Izohlar
Python-da ko'p qatorli izohlar uchun maxsus sintaksis yo'q. Har bir qator boshiga # belgisi qo'shiladi:
python
# Bu izoh
# bir nechta
# qatorlarda yozilgan
print("Salom, Dunyo!")Ammo, ko'p qatorli satr yozib, uni o'zgaruvchi nomiga biriktirmasangiz, undan ko'p qatorli izoh sifatida foydalanish mumkin bo'ladi:
python
"""
Bu izoh
bir nechta
qatorlarda yozilgan
"""
print("Salom, Dunyo!")