Skip to content

Ro‘yxatlarni birlashtirish ​

Ikki ro‘yxatni birlashtirish ​

Python’da ikki yoki undan ko‘proq ro‘yxatni birlashtirish yoki konkatenatsiya qilishning bir nechta usullari mavjud.

+ operatori yordamida ​

Eng oddiy usullardan biri + operatoridan foydalanishdir.

python
royhat1 = ["a", "b", "c"]
royhat2 = [1, 2, 3]
royhat3 = royhat1 + royhat2
print(royhat3)  # Natija: ['a', 'b', 'c', 1, 2, 3]

append() yordamida qo‘shish ​

royhat2 dagi elementlarni royhat1 ga birma-bir qo‘shish mumkin.

python
royhat1 = ["a", "b", "c"]
for x in royhat2:
  royhat1.append(x)
royhat2 = [1, 2, 3]
print(royhat1)  # Natija: ['a', 'b', 'c', 1, 2, 3]

Diqqat

append() har bir elementni alohida qo‘shadi, bu esa ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.

extend() metodidan foydalanish ​

extend() metodi bir ro‘yxat elementlarini boshqa ro‘yxat oxiriga qo‘shish uchun ishlatiladi.

python
royhat1 = ["a", "b", "c"]
royhat2 = [1, 2, 3]
royhat1.extend(royhat2)
print(royhat1)  # Natija: ['a', 'b', 'c', 1, 2, 3]

Diqqat

extend() + operatoriga qaraganda royhat1 ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartiradi va yangi ro‘yxat yaratmaydi.

Ro'yxatlarni birlashtirish mavzusida test

Savol 1 / 6

Ikki ro'yxatni birlashtirib (concatenation) YANGI ro'yxat hosil qilish uchun qaysi eng oddiy operator ishlatiladi?