Ro‘yxatlar haqida
Ushbu darsda Pythondagi ro'yxatlar haqida ya'ni list tushunchasi to'g'risida o'rganamiz.
Ro‘yxatlar bir o‘zgaruvchida bir nechta elementlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Python’dagi to‘rtta ichki kolleksiya turidan biri (boshqalari Tuple, Set, Dictionary).
Ro‘yxatlar kvadrat qavslar [ ] bilan yaratiladi:
python
royhat = ["olma", "banan", "gilos"]
print(royhat)Ro‘yxat xususiyatlari
- Tartibli: Ro‘yxat elementlari
aniq tartibdajoylashadi va bu tartib o‘zgarmaydi. - O‘zgaruvchan: Ro‘yxatdagi elementlarni
qo‘shish,o‘zgartirishyokio‘chirishmumkin. - Takrorlanuvchi qiymatlar: Ro‘yxat
bir xil qiymatlarnibir necha marta saqlay oladi.
python
royhat = ["olma", "banan", "gilos", "olma", "gilos"]
print(royhat)Ro‘yxat uzunligi
Ro‘yxatdagi elementlar sonini aniqlash uchun len() funksiyasi ishlatiladi:
python
royhat = ["olma", "banan", "gilos"]
print(len(royhat))Ro‘yxat elementlari - ma‘lumot turlari
Ro‘yxat elementlari istalgan turdagi bo‘lishi mumkin:
python
royhat1 = ["olma", "banan", "gilos"]
royhat2 = [1, 5, 7, 9, 3]
royhat3 = [True, False, False]Bir ro‘yxat turli ma‘lumot turlarini o‘z ichiga olishi mumkin:
python
royhat1 = ["abc", 34, True, 40, "erkak"]Python nuqtai nazaridan ro‘yxat list turiga ega obyekt hisoblanadi:
python
mening_royhatim = ["olma", "banan", "gilos"]
print(type(mening_royhatim))list() konstruktoridan foydalanish
Ro‘yxat yaratish uchun list() konstruktori ham ishlatilishi mumkin:
python
royhat = list(("olma", "banan", "gilos")) # Ikkita dumaloq qavs ishlatiladi
print(royhat)Diqqat
list() konstruktori ro‘yxatni boshqa ma‘lumot turlaridan, masalan, kortejdan yaratishda qulaydir.
