O'zgaruvchi qiymatlarni chiqarish β
Python-da o'zgaruvchilarning qiymatlarini ko'rish uchun print() chiqarish funksiyasi ishlatiladi. Uning ichiga yozilgan o'zgaruvchi nomiga tegishli qiymat ekranda chop etiladi.
x = "Python ajoyib"
print(x)Ekranga chiqadi π
Python ajoyib
print() funksiyasida bir nechta o'zgaruvchilarni vergul bilan ajratib chiqarish mumkin:
x = "Python"
y = "ajoyib"
z = "dasturlash tili"
print(x, y, z)Ekranga chiqadi π
Python ajoyib dasturlash tili
Bir nechta o'zgaruvchilarni chiqarishda + operatoridan ham foydalanish mumkin:
x = "Python "
y = "ajoyib "
z = "dasturlash tili"
print(x + y + z)Ekranga chiqadi π
Python ajoyib dasturlash tiliE'tibor bering,
"Python "va"bu "dan keyin bo'sh joy belgisi bor. Agar bo'sh joy bo'lmasa, natija"Pythonbuajoyib"bo'lib chiqar edi.
Sonlar uchun + operatori matematik amal sifatida ishlaydi:
x = 5
y = 10
print(x + y)Ekranga chiqadi π
15
Agar print() funksiyasida satr va sonni + operatori bilan birlashtirmoqchi bo'lsangiz, xatolik yuzaga keladi:
x = 5
y = "John"
print(x + y) Terminalda chiqadigan xatolik
Yuqoridagi kod ishga tushganida Python dasturlash tilining kompilyatori quyidagi kabi xatolik haqida xabar beradi.
Traceback (most recent call last):
File "<python-input-0>", line 3, in <module>
print(x + y)
~~^~~
TypeError: unsupported operand type(s) for +: 'int' and 'str'Bu yerda ikkita turli xildagi ma'lumotlar (int va str) ni bir joyda qo'shib chiqarilayotgani va bu amal qo'llab quvvatlanmasligi aytilmoqda.
Eng yaxshi usul β print() funksiyasida o'zgaruvchilarni vergul bilan ajratib chiqarishdir. Bunda har xil ma'lumot turlarini ham qo'llash mumkin:
x = 5
y = "John"
print(x, y)