O'zgaruvchi nomlari
O'zgaruvchilar nomlari qisqa (x, y) yoki tushunarli (yosh, mashinanomi, umumiy_hajm) bo'lishi mumkin.
O'zgaruvchi nomi uchun qoidalar
- O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (
_) bilan boshlanishi kerak. - O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanmasligi kerak.
- Faqat harf, raqam va pastki chiziqdan (
a-z,A-Z,0-9,_) iborat bo'lishi mumkin. - O'zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarga sezgir (
yosh,Yosh,YOSH- uchta turli o'zgaruvchi). - Pythondagi kalit so'zlar o'zgaruvchi nomi bo'lishi mumkin emas.
myvar = "Otabek"
my_var = "Otabek"
_my_var = "Otabek"
myVar = "Otabek"
MYVAR = "Otabek"
myvar2 = "Otabek"my var = "Otabek" # bo'sh katak mumkin emas
2myvar = "Otabek" # raqam bilan boshlanmasigi kerak
my-var = "Otabek" # pastki chiziqdan boshqa belgilar mumkin emasESLATMA
O'zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarga sezgir.
Ko'p so'zli o'zgaruvchi nomlari
Ko'p so'zli o'zgaruvchi nomlarini o'qish qiyin bo'lishi mumkin. Tushunishga oson bo'lishi uchun o'zgaruvchilarni nomlashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Camel Case
Har bir so'z (birinchisidan tashqari) katta harf bilan boshlanadi:
birOzgaruvchiNomi = "Ibrohim"Nega bunday nomlangan?
Ilk so'zdan boshqa so'zlar katta harf bilan boshlangani tuya o'rkachiga o'xshab ketgani uchun shunday nomlanadi.
Pascal Case
Har bir so'z katta harf bilan boshlanadi:
MyVariableName = "John"Nega bunday nomlangan?
Pascal dasturlash tilida o'zgaruvchi va boshqa identifikator nomlarining har bir so'zi katta harf bilan, qo'shib yozilishiga urg'u berilgan (TalabaningIsmi, QiymatniHisoblash, HisobQaydnomasi). Keyinroq esa boshqa dasturlash tillari (C#, Java va boshqalar) da nomlash qoidalari muhokama qilinayotganida odamlar bu uslubni Pascal dasturlash tili mashxur bo'lishiga ta'sir ko'rsatgani uchun "Pascal Case" deb nomlashni afzal ko'rishgan.
Snake Case
So'zlar pastki chiziq (_) bilan ajratiladi va doim kichik harflar bilan yoziladi:
my_variable_name = "John"Nega bunday nomlangan?
So'zlar pastki chiziqcha bilan yozilgani uchun ko'rinishi ilon shakliga o'xshaydi.
Screaming Snake Case
Snake Case kabi chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Ammo, katta harflar bilan yoziladi. Yana Upper Snake Case deb ham nomlangan holatlar ham uchraydi.
Masalan: PI, MAKSIMAL_HAJM, STANDART_VAQT
YODDA TUTING
Python dasturlash tilida ko'plab boshqa dasturlash tillarida bo'lgani kabi o'zgarmas qiymatlar e'lon qilish imkoni yo'q. Ammo, o'zgarmas qiymatlarning nomini yozishda dasturchilar odatda Screaming Snake Case dan foydalanishadi. Bu orqali qiymati o'zgartirilmasligi kerak bo'lgan o'zgaruvchilar aniqlab olinadi.
MY_VARIABLE_NAME = "John"Nega bunday nomlangan?
"Screaming" qo'shimchasi qo'shilishiga sabab shuki, katta harflar bilan yozilganini ko'rganingizda, Snake Case dan farqli o'laroq, bu holatda so'zlar sizga baqirayotganga o'xshaydi. Aytaylik, "Ehtiyot bo'l, meni o'zgartirish mumkin emas" yoki aksincha "Men bu yerdaman" degandek. 😅
