Skip to content

Global o'zgaruvchilar

Qoida juda oddiy, kod bloklaridan (funksiya, shartlar va boshqalar) tashqarida ya'ni yuqorida hosil qilingan o'zgaruvchilarni hamma joyda ishlatish mumkin, ya'ni kod bloklarining ichida ham, tashqarisida ham ishlatish mumkin. Bu kabi o'zgaruvchilar global o'zgaruvchilar deb ataladi.

Funksiyadan tashqarida o'zgaruvchi ochamiz va undan funksiya ichida foydalana olamiz:

python
x = "ajoyib dasturlash tili."

def olqishla():
    print("Python " + x)

olqishla()

Natija 👉 Python ajoyib dasturlash tili.

Agar siz tashqarida o'zgaruvchi hosil qilib, xuddi shu nom bilan kod bloki ichida ham o'zgaruvchini yozsangiz, u mahalliy o'zgaruvchi hisoblanadi. Va undan faqat o'sha kod bloki ichida foydalanish mumkin bo'ladi. Global o'zgaruvchi esa o'z qiymatini saqlab qoladi. Ma'lumot o'rnida, mahalliy o'zgaruvchilarni ingliz tilida local variables deb ataladi.

Funksiya ichida global o'zgaruvchi nomi bilan yangi o'zgaruvchi hosil qilamiz:

python
x = "zo'r dasturlash tili."

def olqishla():
    x = "ajoyib dasturlash tili."
    print("Python " + x)

olqishla()

print("Python " + x)

NATIJA 👇

Python ajoyib dasturlash tili.
Python zo'r dasturlash tili.

global kalit so'zi

Kod bloki ichida hosil qilingan o'zgaruvchilar tabiatan mahalliy o'zgaruvchi bo'ladi va faqat o'sha kod bloki ichida ishlatiladi.

Agar funksiya ichida global o'zgaruvchi hosil qilmoqchi bo'lsangiz, global kalit so'zidan foydalanasiz. Shunda bunday o'zgaruvchi global bo'lib xizmat qila boshlaydi:

python
def salomlash():
    global x
    x = "Salom"

salomlash()

print(x + " Python")

Shuningdek, global o'zgaruvchining qiymatini faqatgina kod bloki doirasida emas, balki global tarzda o'zgartirmoqchi bo'lsangiz ham global kalit so'zidan foydalanasiz.

python
x = "Salom"

def salomlash():
    global x
    x = "Assalomu alaykum"

salomlash()

print(x + " Jobir")