Skip to content

Bir nechta qiymat berish ​

Python o'zgaruvchilar bilan ishlashda taqdim etadigan ajoyib imkoniyatlar bilan quyida tanishib chiqamiz.

Bir nechta o'zgaruvchiga qiymat berish ​

Python bir qatorning o'zida bir nechta o'zgaruvchiga qiymat berishga imkon beradi:

py
x, y, z = "Mandarin", "Yong'oq", "Olcha"
print(x)
print(y)
print(z)

ESLATMA

O'zgaruvchilar soni qiymatlar soniga teng bo'lishi kerak, aks holda xato yuz beradi.

Bir nechta o'zgaruvchiga bir qiymat ​

Bir xil qiymatni bir nechta o'zgaruvchiga bir qatorda berishingiz ham mumkin:

python
x = y = z = "Mandarin"
print(x)
print(y)
print(z)

To'plamni unpack qilish ​

Agar sizda ro'yxat (list), o'zgarmas to'plam (tuple) yoki boshqa to'plam bo'lsa, Python uning qiymatlarini ajratib, o'zgaruvchilarga biriktirishga ya'ni unpack qilishga imkon beradi.

python
mevalar = ["olma", "nok", "gilos"]
x, y, z = mevalar
print(x)
print(y)
print(z)

Batafsil ma'lumot uchun Tuple elementlarini ajratib chiqarish bo'limiga qarang.

Bir nechta qiymat berish mavzusida test

Savol 1 / 5

x, y, z = 'Mandarin', 'Yong'oq', 'Olcha' kodi bajarilganda y ning qiymati nima bo'ladi?