Skip to content

O'zgaruvchilar haqida

O'zgaruvchilar — bu ma'lumotlarni saqlash uchun konteynerlardir.

O'zgaruvchi hosil qilish

Python-da o'zgaruvchini e'lon qilish uchun maxsus buyruq kerak emas.
O'zgaruvchi siz unga ilk qiymatni berganingizda hosil bo'ladi.

python
x = 5
y = "Olimjon"
print(x)
print(y)

Python-da boshqa dasturlash tillari kabi o'zgaruvchilarning turini ko'rsatish ham shart emas. Shuningdek, o'zgaruvchi qiymati o'zgarganda uning turini ham avtomatik o'zgaradi.

python
x = 4       # x int turida
x = "Fotima" # x endi str turida
print(x)

Bu degani siz o'zgaruvchiga avval bir ma'lumot turidagi qiymatni bergan bo'lsangiz ham, endi unga umuman boshqa ma'lumot turiga ega qiymatni yuklashingiz mumkin deganidir.

Casting (Ma'lumot turini tanlash)

Agar o'zgaruvchining turini aniq belgilamoqchi bo'lsangiz, casting imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

python
x = str(3)    # x '3' bo'ladi
y = int(3)    # y 3 bo'ladi
z = float(3)  # z 3.0 bo'ladi

Bunda siz o'zgaruvchi qiymatini aniq ko'rsatmoqchi bo'lgan ma'lumot turingizning funksiyasi bilan o'rashingiz kerak bo'ladi. Pythondagi barcha qo'llab-quvvatlanadigan ma'lumot turlarining funksiya ko'rinishi mavjud. Va ulardan ushbu shaklda foydalanish mumkin.

Qiymatning ma'lumot turini aniqlash

O'zgaruvchi qiymatining ma'lumot turini type() funksiyasi yordamida bilib olishingiz mumkin. O'zbek tiliga type so'zi Ingliz tilidan tur deb tarjima qilinadi.

python
x = 5
y = "Javohir"
print(type(x))
print(type(y))

Ma'lumot turlari va casting haqida keyingi darslarda batafsil o'rganasiz.

Yakka yoki qo'sh tirnoq?

String o'zgaruvchilarni yakka yoki qo'sh tirnoq bilan e'lon qilish mumkin:

python
x = "Jobir"
# quyidagiga teng
x = 'Jobir'

Katta-kichik harflar farqi

O'zgaruvchi nomlari katta-kichik harflarga sezgir hisoblanadi. Masalan, quyidagi kodga qarang. Bu yerda ikki xil o'zgaruvchi hosil bo'lmoqda:

python
a = 4
A = "Salima"
# A o'zgaruvchisi a ni o'zgartirmaydi