Skip to content

Matnlarni o'zgartirish ​

Katta harflar (Upper Case) ​

upper() metodi satrni katta harflarga o‘zgartiradi.

python
a = "Salom, Dunyo!"
print(a.upper())

Kichik harflar (Lower Case) ​

lower() metodi satrni kichik harflarga o‘zgartiradi.

python
a = "Salom, Dunyo!"
print(a.lower())

Bo‘sh joylarni olib tashlash ​

strip() metodi satrning boshida va oxiridagi bo‘sh joylarni olib tashlaydi.

python
a = " Salom, Dunyo! "
print(a.strip())  # Natija: "Salom, Dunyo!"

Diqqat

strip() faqat bosh va oxirdagi bo‘sh joylarni olib tashlaydi, ichki bo‘sh joylarga ta’sir qilmaydi.

Satrni almashtirish ​

replace() metodi satrdagi bir qismni boshqasi bilan almashtiradi.

python
a = "Salom, Dunyo!"
print(a.replace("S", "J"))

Satrni bo‘lish ​

split() metodi satrni ajratgich asosida bo‘lib, ro‘yxat qaytaradi.

python
a = "Salom, Dunyo!"
print(a.split(","))  # Natija: ['Salom', ' Dunyo!']

Diqqat

split() ajratgich sifatida ishlatilgan belgi bo‘yicha satrni bo‘ladi, masalan, vergul yoki bo‘sh joy.

Matnlarni o'zgartirish metodlari mavzusida test

Savol 1 / 5

Satrdagi barcha harflarni katta harflarga o'tkazish uchun qaysi metod ishlatiladi?