Skip to content

Ma'lumot turini tanlash

Ba'zida o'zgaruvchiga ma'lum bir ma'lumot turidagi qiymatnigina qabul qilish yoki kelayotgan ma'lum qiymatning ma'lumot turidan boshqasiga o'zgartirish kerak bo'ladi. Buni casting yordamida amalga oshirish mumkin.

Casting haqida avvalroq gaplashgan edi. Qisqa qilib aytganda, casting bu ma'lumot turini tanlash hisoblanadi. Natijada esa tanlangan ma'lumot turidagi qiymat qabul qilish yoki o'zgaruvchining qiymati belgilangan ma'lumot turiga o'tkazish mumkin bo'ladi.

Python obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili bo'lib, u ma'lumot turlarini, shu jumladan primitiv turlarni ham aniqlash uchun sinflardan foydalanadi.

Pythonda casting konstruktor funksiyalar yordamida amalga oshiriladi:

  • int() - butun son literalidan, float literalidan (barcha o'nlik qismlarni olib tashlash orqali) yoki string literalidan (agar string butun sonni ifodalasa) butun son yaratadi
  • float() - butun son literalidan, float literalidan yoki string literalidan (agar string float yoki butun sonni ifodalasa) float son yaratadi
  • str() - turli xil ma'lumot turlaridan, jumladan stringlar, butun sonlar va float literallardan string yaratadi

MISOL

python
# Butun sonlar
x = int(1)   # x 1 bo'ladi
y = int(2.8) # y 2 bo'ladi
z = int("3") # z 3 bo'ladi

# Kasr sonlar
x = float(1)     # x 1.0 bo'ladi
y = float(2.8)   # y 2.8 bo'ladi
z = float("3")   # z 3.0 bo'ladi
w = float("4.2") # w 4.2 bo'ladi

# Satr yoki matnlar
x = str("s1") # x 's1' bo'ladi
y = str(2)    # y '2' bo'ladi
z = str(3.0)  # z '3.0' bo'ladi