HTML <picture> elementi
HTML <picture> elementi turli qurilmalar yoki ekran o'lchamlari uchun turli rasmlarni ko'rsatishga imkon beradi.
HTML <picture> elementi
HTML <picture> elementi veb-dasturchilarga rasm manbalarini ko'rsatishda ko'proq moslashuvchanlik beradi.
<picture> elementi bir yoki bir nechta <source> elementlarini o'z ichiga oladi, har biri srcset atributi orqali turli rasmlarga murojaat qiladi. Shu tarzda brauzer hozirgi ko'rinish va/yoki qurilmaga eng mos rasmni tanlaydi.
Har bir <source> elementida qaysi holatda rasm eng mos kelishini belgilovchi media atributi mavjud.
Misol
Turli ekran o'lchamlari uchun turli rasmlarni ko'rsatish:
<picture>
<source media="(min-width: 650px)" srcset="img_ovqat.jpg">
<source media="(min-width: 465px)" srcset="img_mashina.jpg">
<img src="img_qiz.jpg">
</picture>Eslatma
Har doim <picture> elementining oxirgi bolasi sifatida <img> elementini ko'rsating. <img> elementi <picture> elementini qo'llab-quvvatlamaydigan brauzerlar yoki hech bir <source> tegiga mos kelmaydigan holatlar uchun ishlatiladi.
Picture elementidan qachon foydalaniladi
<picture> elementining ikki asosiy maqsadi bor:
1. Tarmoq trafigi (Bandwidth)
Agar kichik ekran yoki qurilmaga ega bo'lsangiz, katta rasm faylini yuklash shart emas. Brauzer birinchi mos <source> elementini ishlatadi va keyingi elementlarni e'tiborsiz qoldiradi.
2. Formatni qo'llab-quvvatlash
Ba'zi brauzerlar yoki qurilmalar barcha rasm formatlarini qo'llab-quvvatlamasligi mumkin. <picture> elementi yordamida barcha formatdagi rasmlarni qo'shishingiz mumkin, brauzer esa birinchi tan olgan formatni ishlatadi va keyingi elementlarni e'tiborsiz qoldiradi.
Misol
Brauzer birinchi tan olgan rasm formatini ishlatadi:
<picture>
<source srcset="img_avatar.png">
<source srcset="img_qiz.jpg">
<img src="img_bitlz.gif" alt="Bitlz" style="width:auto;">
</picture>Eslatma
Brauzer birinchi mos <source> elementini ishlatadi va keyingi <source> elementlarni e'tiborsiz qoldiradi.
HTML rasm teglar
| Teg | Tavsifi |
|---|---|
<img> | Rasmni belgilaydi |
<map> | Rasm xaritasini belgilaydi |
<area> | Rasm xaritasida bosiladigan hududni belgilaydi |
<picture> | Bir nechta rasm manbalari uchun konteynerni belgilaydi |
INFO
Barcha mavjud HTML teglar ro'yxati uchun HTML Teglar Ma'lumotnomasi sahifasiga tashrif buyuring.
