Skip to content

HTML asosiy misollar ​

Ushbu bobda HTMLning eng oddiy misollari keltirilgan. Agar baʻzi teglar sizga tanish boʻlmasa tashvishlanmang.

HTML hujjatlari ​

Barcha HTML hujjatlari hujjat turi deklaratsiyasi bilan boshlanadi: <!DOCTYPE html>. Hujjat oʻzi <html> bilan boshlanadi va </html> bilan tugaydi. Koʻrinadigan qismi <body> va </body> orasida joylashadi.

Misol

html
<!DOCTYPE html>
<html>
  <body>

    <h1>Mening birinchi sarlavham</h1>
    <p>Mening birinchi paragrafim.</p>

  </body>
</html>

<!DOCTYPE> deklaratsiyasi ​

<!DOCTYPE> deklaratsiyasi hujjat turini bildiradi va brauzerlarga sahifani toʻgʻri chizishda yordam beradi. U sahifaning yuqori qismida bir marta paydo boʻladi va katta-kichik harflarga sezgir emas.

HTML5 da ishlatiladi:

html
<!DOCTYPE html>

HTML sarlavhalari ​

HTML sarlavhalari <h1> dan <h6> gacha teglar bilan aniqlanadi. <h1> eng muhim, <h6> esa eng kam muhim hisoblanadi.

html
<h1>Bu 1-sarlavha</h1>
<h2>Bu 2-sarlavha</h2>
<h3>Bu 3-sarlavha</h3>

HTML paragrafi ​

HTML paragrafi <p> tegi bilan aniqlanadi:

html
<p>Bu paragraf.</p>
<p>Bu yana bir paragraf.</p>

HTML linklari ​

HTML linklari <a> tegi bilan yaratiladi. Manzil href atributida koʻrsatiladi. Attributlar elementlar haqida qoʻshimcha ma'lumot beradi.

html
<a href="https://www.w3schools.com">Bu link</a>

HTML rasmlari ​

HTML rasmlari <img> tegi orqali qo'shiladi. Odatdagi attributlarga src (manba), alt (muqobil matn), width va height kiradi:

html
<img src="w3schools.jpg" alt="W3Schools.com" width="104" height="142">

HTML manbasini qanday ko'rish mumkin ​

  • Sahifa manbasini koʻrish: CTRL+U tugmalarini bosing yoki oʻng tugma bilan bosib “View Page Source” ni tanlang.
  • Elementni tekshirish: Element ustida oʻng tugma bilan bosib “Inspect” ni tanlab, HTML va CSSni koʻring va developer tools orqali tahrirlash mumkin.

HTML Asosiy misollar mavzusida test

Savol 1 / 5

HTML5 hujjatlarida hujjat turini e'lon qilish uchun qaysi yozuv ishlatiladi?