Kotlin sintaksisi
Oldingi bobda Main.kt nomli Kotlin faylini yaratdik va ekranga "Hello World" chiqarish uchun quyidagi koddan foydalandik:
Misol
fun main() {
println("Hello World")
}Misolning izohi
fun kalit so'zi funktsiyani e'lon qilish uchun ishlatiladi. Funktsiya — ma'lum bir vazifani bajarish uchun mo'ljallangan kod blokidir. Yuqoridagi misolda main() funksiyasi e'lon qilingan.
main() funksiyasini har bir Kotlin dasturida ko'rasiz. Bu funksiya ichidagi kod bajariladi — ya'ni jingalak qavslar {} ichidagi har qanday kod ishlaydi.
Masalan, println() funksiyasi main() ichida joylashgan, shuning uchun u bajarilib, "Hello World" matnini ekranga chiqaradi.
Bilish foydali: Kotlin-da kod bayonotlari nuqta-vergul ; bilan tugashi shart emas (Java, C++, C# kabi ba'zi tillarda talab qilinadi).
main parametrlari
Kotlin 1.3 versiyasigacha main() funksiyasini parametr bilan chaqirish talab etilar edi, masalan:
fun main(args: Array<String>) {
println("Hello World")
}Eslatma: Hozirda bu talab qilinmaydi va dastur parametrsiz ham to'g'ri ishlaydi. Agar ilgari parametr bilan ishlatgan bo'lsangiz, davom ettirishga hech qanday xalaqit yo'q.
